
<p>27 oktabr kuni Respublikamizda muhim siyosiy tadbir - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.</p> <p>Shovot tumani Axborot kutubxona markazida O‘zbekiston Milliy tiklanish Demokratik Partiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda partiyaning saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalari haqida atroflicha so‘z yuritilib, ko‘plab taklif va tashabbuslar ilgari surilganligini ta’kidlab o‘tdilar.</p> ♻️Zero, bu kabi uchrashuvlar saylovchilarning saylov kuni o‘zlari uchun munosib nomzodni tanlash va ovoz berishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.