icon
SHOVOT TUMANI
AXBOROT-KUTUBXONA
MARKAZI
Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q.
SH.Mirziyoyev

Yangiliklar

Blog
UZTOZGA EHTIROM

Madaniyat vazirligining Ma’naviy –ma’rifiy ishlar a’lochisi, bir necha ko‘krak nishoni sovrindori, 40 yildan ziyod kutubxona sohasida faoliyat yuritgan 2024-yilda“Axborot kutubxona a’lochisi” ko’krak nishoni sovrindori faxriy ustozimiz Ibroxim aka Xajiyevni 75 yilligi hamda hayot yo’liga bag’ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi . Tadbirimizga tuman hokimligi o‘rinbosarlari Qaxramon Quranboyev, Saida Jumaniyozova, viloyat Axborot kutubxona markazi direktori Raximboy Qurbonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shuxrat Matkarimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Boltaboy Bekmetov , tuman Ekologiya Partiyasi raisi Matsafo Tojiyev va mehnat faxriylari, axborot - kutubxona markazlarining faxriy hodimlari hamda nufuzli mehmonlar tashrif buyurishdi. Tadbir ishtirokchilari Ibroxim akani 75 yoshi tavalludi bilan tabriklab, mustahkam sog‘lik va samimiy va ezgu tilaklarini bildirib o‘tdilar.Tadbirga kuy va raqs yana ham joziba kiritdi.