
Bugun Shovot tuman axborot kutubxona markazi va tuman Ko'ziojizlar kutubxonasi bilan hamkorlikda 15 may Butunjaxon Oila kuni munosabati bilan " Oila - muqaddas qo'rg'on " nomli mavzuda davra suhbati bo'lib o'tdi.Davra suhbatida Aholini sog'lom turmush tarzini qo'llab quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi xodimlari ishtirok etishdi. Suhbat davomida oila madaniyati, nikoh munosabati, farzand tarbiyasi,yoshlarni oilaga tayyorlash va oilada sog'lom turmush tarziga alohida etibor qaratish kabi mavzular ilgari surildi.