icon
SHOVOT TUMANI
AXBOROT-KUTUBXONA
MARKAZI
Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q.
SH.Mirziyoyev

Yangiliklar

Blog
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi

12 fevral Shovot axborot-kutubxona markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan ma'naviy, ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qatnashgan tuman xokimligi, kutubxona rahbariyati xodimlari,, Shovot ijod maktabi" ijodiy jamoasi a'zolari, tumandagi 4- sonli o‘rta umumiy ta'lim maktabi o‘quvchilari, ustoz muallimlari o‘zlarining chiqishlarida shoh va shoir, sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlari hayoti va ijodi to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tdilar. Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qilib, qo‘shiq, ashulalar, sahna ko‘rinishlari ijro qilindi. Ayniqsa maktab o‘quvchilarining ikkita ijodiy guruhlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi mavzusidagi bellashuv qizg‘in tusda, yuksak saviyada o‘tkazildi. Har ikkala guruh qatnashchilari fahriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.