Shovot tumani Axborot-kutubxona markazida o'tkazilgan

📖“Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning yopilish marosimida Shovot tumani Axborot-kutubxona markazi direktori M.Pirjanova so'zga chiqib, kitob mutolaa qilishni, kitob-insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aqil qayrog'i va bilim manbaidir deya ta'kidlab, kitobxonlik haftaligi da faol ishtirok qilgan kitobxonlarga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

📖"Kitobxonlik haftaligi" doirasida ma’naviy-ma’rifiy kecha bo'lib o'tdi.

Kechada umum ta'lim maktabi o'quvchilari shoir va shoiralarimiz she'rlaridan yod aytishdi. Sahna ko’rinishlari va kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari kitobxonlarga, kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo'lgani uchun kitob o'qishni tavsiya qildilar.

Faol kitobxonlarga esdalik sovg'alar topshirildi va samimiy minnatdorchilik bildirdilar.