
"Kitobsevar millat" shiori ostida o‘tkazilayotgan VI "Respublika kitobxonlik haftaligining" 4-kunida Shovot tuman axborot kutubxona markazida O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “So’z bilan millatni uyg’otgan shoir” nomli ma’naviy-ma’rifiy musiqali tadbir bo’lib o’tdi.Tadbirda 2-son umumiy o’rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha director o’rinbosari Maqsud Boymetov, shu maktabning Rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Bahtigul Yuldasheva, Shovot tuman axborot kutubxona markazi direktori Maryam Pirjanova va faol kitobxonlar qatnashdilar.Tadbirda 2-son umumiy o’rta ta’lim maktabining 5-b sinf o’quvchilari o’zlari tayyorlab kelgan sahna ko’rinishlar, kuy qo’shiqlar ijro etildi, adib ijodidan namunalar keltirdilar. Adib tavalludining 85 yilligi munosabati bilan ko’rgazma tashkil etildi.