
“Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Shovot tuman axborot kutubxona markazida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Xalqaro Turon Fanlar Akademiyasi akademigi, shoira, publissist Joziba (Shukurjon Jabborova) ning “Shovotda otgan tonglar” kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi rahbari, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyar xodimi”, shoira Gavhar Ibodullayeva, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bosh mutaxassisi, shoir -Boltaboy Bekmetov, yozuvchi, publitsist, mohir tanqidchi, shoir Erpo'lat Baxt, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari shoir, tarjimon Qadamboy Shodonov, Ortiqboy Mangliboyev, tajribali pedagog, “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni sohibasi Bibisora Rajabova, shoir O’ktam Davletov,Muhabbat Safoyeva, “Hurriyat” gazetasi muhiri,taniqli jurnalist Feruza Tangriberganova, jurnalist, shoira Maxbira Karimova, shoir, yozuvchi Komil Saidov,shoir Axmadjon Safoev, iste’dodli shoir Raximboy Otaboyev, yosh ijodkor, pedagog Kamola O’rinova,O’zbekiston Ekologik partiyasi Shovot tuman kengashi raisi Matsafo Tojiyev, “Beshmergan” mahalla raisi, shoir Uyg’un Sharifzoda, taniqli bloger Qaxramon Eshjanov, AKM direktori Maryam Pirjanova, kutubxona xodimlari, maktab kutubxonachilar vai faol kitobxonlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida qatnashchilar mazkur kitob bo’yicha fikr-mulohazalarini bildirib o’tdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va yoshlarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.