
📚 Shovot tumani 49093-harbiy qism harbiylari hamda Shovot tuman axborot kutubxona markazii bilan hamkorlikda buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.<br />🗣 Tadbir davomida Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvidagi donoligi, bunyodkorlik ishlari hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr almashildi.<br />✨ Amir Temur – bu faqat tarix emas, balki biz uchun ibrat, kuch va g‘urur timsolidir. Uning merosi har birimizning qalbimizda yashaydi va kelajak avlod uchun muhim saboq bo‘lib xizmat qiladi.<br />🤝 Ushbu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.